background
logotype
image1 image2 image3

Hanafiy mazhabida erkakning qo‘li ayolga (yoki aksincha) tegsa, tahorat buzilmaydi

Savol: Hanafiy mazhabida erkakning qo'li ayolga (yoki aksincha) tegsa, tahorat buzilmaydi. Bundan bu mazhabda erkakning ayol bilan qo'l ushlashib salomlashishi mumkin, degan xulosa chiqmaydimi?

Javob: Bu fikr ba'zi odamlar tilida ham yuradi, ammo hayratli darajadagi nodonlikdir. Zotan, tahoratning sinishi va sinmasligining halol va haromga aloqasi yo'q. Abu Hanifa rahmatullohi alayhning begona ayolni ushlash tahoratni sindirmaydi, deyishlari uni ushlash mumkin, deyishlari emas. Zero, ushlashning hukmi boshqa, uning tahoratni sindiruvchi ekani boshqadir. Bu masala o'g'rilikka o'xshaydi. Agar tahorati bor kimsa o'g'rilik qilsa, o'g'rilik ulkan gunoh bo'lsa-da, uning tahorati sinmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.