Go‘dakni emizish majburiymi?
Savol: Qaynonam bolangizni emizsangiz, yaxshi bo‘lardi, sun'iy ovqatlarning foydasi ko‘pemas, deb tayinlayveradilar. Gaplarida jon bormi?
Javob: Go‘daklar uchun ona sutidan foydaliroq, zarurroq hech narsa yo‘q. Hech qanday ne'mat, hatto eng zamonaviy ilmlar bo‘yicha tayyorlangan sun'iy taomlar ham ona sutining o‘rnini bosa olmaydi. Alloh taolo marhamat qiladi: «Onalar bolalarini to‘la ikki yil emizadilar. (Bu hukm) emizishni benuqson qilmoqchi bo‘lgan kishilar uchundir» (Baqara surasi, 233-oyat).
Ilmiy izlanishlar tabiiy emizish tufayli go‘dakdagi kasalliklardan himoyalanish quvvatini kuchayishini ko‘rsatdi. Ona suti go‘dakning sog‘lom o‘sishiga yordam beradi, xususan, u birinchi oylarda kerak bo‘ladigan asosiy ozuqa unsurlarini o‘z ichiga olgan. Ona suti toza va musaffo, chaqaloq oshqozon va me'dasining haroratiga munosibdir. Shuningdek, u yengil hazm bo‘ladi, go‘dakni ichburug‘, qabziyat va oshqozon yallig‘lanishidan asraydi. Iqtisodiy tomondan uning oilaga qo‘shimcha hech qanday og‘irligi yo‘qdir.
Tabiiy emizish go‘dakda rahmdillik va o‘ziga ishonch kabi sifatlarni tarbiyalaydi. Unga sokinlik va xotirjamlik bag‘ishlaydi. Bu narsalar esa bolaning kelajakda kuchli shaxsiyat egasi bo‘lishiga yordam beradi. Ijtimoiy hayot jarayoniga mutanosib ravishda o‘sishiga sabab bo‘ladi. Yana boshqa tomondan onaning ko‘krak saratoniga duchor bo‘lmasligiga bois bo‘lib, ona tanasidagi unsurlar muvozanatini saqlaydi.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.