background
logotype
image1 image2 image3

Emizish bilan mahram bo‘lish shartlari bormi?

SavolEmizish bilan mahram bo‘lish shartlari bormi?

JavobEmizish bilan mahram bo‘lishning ikkita sharti bor: birinchisi - bola ikki yarim yoshdan oshgan bo‘lmasligi kerak. Agar ikki yarim yoshdan oshmagan bola sutdan chiqqan bo‘lsa ham, biror ayolni emsa, emizish jihatdan mahramlik barcha hukmlari bilan yuzaga keladi. Ikki yarim yoshdan oshmagan bolaning sutdan chiqqan bo‘lishi emizish jihatdan mahramlik hukmlarining yuzaga kelishiga to‘siq bo‘lolmaydi. Ammo ikki yarim yoshdan oshgan bolaning emishi bilan mahramlik yuzaga kelmaydi.

Ikkinchisi - bola emgan sut uning qorniga yetishi kerak. Bunda emizish soni va sut miqdori hisob emas. Bir bora so‘rgan suti mahram bo‘lishga kifoyadir. Agar ayol sutini sog‘ib bersa ham, uni ichgan bolaga mahram bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.