background
logotype
image1 image2 image3

Ayollar namozda va namozdan tashqarida sochini turmaklab yurishlari mumkinmi?

Savol: Rasululloh (s.a.v.) erkaklarni ma'qus (ya'ni, sochni tepaga yiqqan) holda namoz o‘qishdan qaytarganlar. Bu qaytariq ayollarga ham tegishlimi? Ya'ni, ayollar namozda va namozdan tashqarida sochini turmaklab yurishlari mumkinmi?

Javob: Janobi Rasulullohdan (s.a.v.) bir hadis borki, unda er kishi ‘aqsdan - sochini tepaga yig‘ishtirib namoz o‘qishdan qaytarilgandir.

«Al-'aqs» deb, lug‘atda sochni muloyim qilib, atrofini boshning tepasiga yig‘ishtirib-to‘plashga aytiladi.

Birinchidan, mazkur hadis erkaklarni namozda sochlarini to‘plab o‘qishdan qaytargan. Demak, xotinlar bundan mustasnodirlar.

Ikkinchidan, bu nahiy namoz o‘quvchi er kishiga nisbatan aytiladi. Demak, namozdan tashqarida yig‘ishtirib yurishi mumkin. Uchinchidan, fuqaholar bu nahiyni makruhi tanzih, ya'ni, mubohga yaqinroq nahiy deyishgan. («Maslakul muttaqiyn», «Tashilu zaruriy», «Majmuatul fatovo» kitoblari asosida tayyorlandi).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.