background
logotype
image1 image2 image3

Ayollar masjidga borsa bo‘ladimi?

Savol: Ayollar masjidga borsa bo‘ladimi?

Javob: Xotin-qizlarning masjidga borishlari umuman man etilmaydi. Ammo Hanafiya mazhabimiz ko‘rsatmalariga binoan ayollarning masjidga borishlari rag‘batlantirilmaydi. Bu haqda Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomdan shunday hadisi sharif bor: «Ayol kishining yolg‘iz o‘qigan namozining savobi masjidda o‘qigan namozning savobidan yigirma besh marta ko‘pdir» (Muslim va Abu Dovud rivoyati).

Rasululloh (s.a.v.) davrlarida ayollarning masjidga borishlariga ruxsat berilgan edi. Lekin turli fitna-fasodlar ko‘payib ketgach, bu cheklab qo‘yildi. Oisha onamiz: «Agar Rasululloh (s.a.v.) hayot bo‘lib ayollarda paydo bo‘lgan ushbu zebu-ziynatlarni ko‘rganlarida edi, Bani Isroil kabi ularning masjidlarga bormoqliklarini albatta man qilgan bo‘lur edilar» deganlar. (Imom Buxoriy rivoyati).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.