Ayol kishi sog‘ligi tufayli homilasini oldirishga doktorlar tavsiya etsa, homila necha oyligida olinsa, gunoh bo‘lmaydi?
Savol: Ayol kishi sog‘ligi tufayli homilasini oldirishga doktorlar tavsiya etsa, homila necha oyligida olinsa, gunoh bo‘lmaydi?
Javob: Homilani ruh kirmasdan oldin oldirish va ruh kirgandan keyin oldirish ikkisi alohida masala: Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan marfu’ rivoyat qilingan sahih hadisda sobit bo‘lganidek, homilaga bir yuz yigirma kundan keyin ruh kiradi: “Sizlardan har biringiz onasining qornida xilqati qirq kun nutfa so‘ng shuncha kun laxta qon so‘ng yana shuncha kun bir parcha go‘sht bo‘ladi. Keyin unga ruh kiritish uchun bir farishta yuboriladi”. Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilishgan.
Homilaga ruh kirgandan so‘ng uni oldirish haromligida ulamolar ittifoq qilib, buni shak-shubhasiz o‘ldirishdir, deganlar. Fuqaholarning ruh kirganidan so‘ng abort qilishni bir ovozdan harom degan so‘zlaridan homilaning ona qornida qolishi onaning hayotiga xavf soladigan holatni yoki xavf solmaydigan holatni ham o‘z ichiga olishi tushuniladi. Ibn Obidiyn buni ochiq-oydin bayon qilib shunday degan: “Homila tirik bo‘lsa va uning qolishi sababli onaning hayoti xavf ostida qolsa ham uni abort qilish joiz emasdir. Chunki homila sababli onaning o‘lishi mavhumdir. Shunga ko‘ra mavhum narsa sababli odamzotni o‘ldirish joiz bo‘lmaydi”.
Ruh kirishidan oldin abort qilishning hukmi borasida esa bir qancha qarashlar bor. Fuqaholardan ba’zilari homila bo‘lgandan so‘ng hali biror xilqat paydo bo‘lmagan bo‘lsa, uni tushirishni muboh deganlar. Fuqaholardan ba’zilari uzr sababli tushirish muboh deganlar. Ibn Obidiyn Xoniya kitobining “Karohiyat” bobida homilani uzrsiz tushirish mumkin emasligini naql qilib keltirgan. Homilasini tushirgan ayol agar uzrsiz tushirgan bo‘lsa, u eng kamida gunohkor bo‘ladi.
Fuqaholardan ba’zilari mutloq makruh deganlar. Buni hanafiy fuqaholaridan Aliy ibn Muso ham aytgan. Ibn Obidiyn undan naql qilib shunday degan: “Homilaga ruh kiradigan muddat o‘tishidan oldin uni tushirib yuborish makruhdir. Chunki suv (maniy) bachadonda o‘rnashgandan keyin uning kelajagi hayotdir. Shuning uchun unga tiriklik hukmi beriladi”. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.