Vasvasa qayerdan keladi? Unga qarshi kurashish uchun duo bormi?
Savol: Vasvasa qayerdan keladi? Unga qarshi kurashish uchun duo bormi?
Javob: Vasvasa - shaytonning inson qo‘ngliga aytadigan yomon ma'nolar va xunuk fikrlarni o‘z ichiga olgan so‘zidir. Sunnati mutahharada shayton insonning qon yo‘llarida yurishi aytilgan. Inson vasvasadan qattiq qo‘rqmasa ham bo‘ladi. Chunki Alloh taboraka va taolo vasvasaning o‘zi bilangina bandani jazolamaydi. Payg‘ambarimiz alayhissalom aytganlar: "Albatta Alloh ummatimdan ko‘nglidan o‘gkazgan narsani, modomiki uni so‘zlamasa yoki unga amal qilmasa, kechib yuboradi".
Sahobalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ahyon-ahyonda shayton qalblariga gapirish qiyin bo‘lgan narsalarni keltirishidan shikoyat qilishganida, u zot shaytonga ishora qilib: "Uning hiyla-makrini vasvasaga burib yuborgan Allohga hamd bo‘lsin", deganlar.
Vasvasaga yo‘liqqan kishi unga qarshi Alloh jalla jalaluhu nomini zikr etib kurashishi va undan xalos bo‘lishga intilishi kerak, chunki Qur'oni majidda bunday deyiladi: "Agar sizni shayton tomonidan biron vasvasa yo‘ldan ozdirib (mazkur xislat egasi bo‘lishdan qaytarmoqchi bo‘lsa) u holda Allohdan panoh so‘rang. Zero, U eshitguvchi, bilguvchi Zotdir" (Fussilat surasi, 36-oyat).
O'zida shayton vasvasasini his qilgan kishi ikki "Qul a'uzu..." va "Oyatal Kursi"larni o‘qishi kerak. Shuningdek, quyidagi duoni ham aytishi mumkin: "Allohumma fatirus samavati val arzi olimul g‘oybi vashshahadati robbu kulli shay-in va malikuhu ashhadu anla la ilaha illa anta a'uzu bika min sharri nafsiy va sharrish shaytoni va shirkihi bismillahil laziy la yazurru ma'asmihi shay-un fil arzi vala fis samai va huvas samiy'ul ‘aliym. Allohumma inniy as'alukal-ofiyata fid dunya val oxira. Allohumma inniy as'alukal-afva val ofiyata fi diniy va dunyaya va ahliy va maliy. Allohumma ustur avrotiy va amin rov'atiy. Allohumma ihfazni min bayni yadayya va min xolfiy va ‘an yaminiy va shimaliy. Robbi a'inniy, vala tu'in ‘layya, vansurniy, vala tansur a'layya, vahdiniy va yassiril huda liy van surniy ‘ala man bag‘o ‘alayya robbi ij'alniy laka shakiron, laka zakiron, laka rohiban, laka mitva'an, laka muxbitan ilayka avvaban muniyba. Robbi taqobbal tavbati vag‘sil havbati va ajib da'vatiy va sabbit hujjatiy va saddit lisaniy vahdi qolbiy. Ya hayyu, ya qoyyumu birohmatika astag‘iysu aslih liy sha'niy kullahu vala takilniy ila nafsiy torfata ‘aynin. Hasbiyalloh la ilaha illa huva ‘alayhi tava-kaltu va huva robbul ‘arshil ‘aziym".
Ma'nosi: "Yeru osmonni, g‘ayb va shohidlik olamini yaratgan Allohim, barcha narsaning Rabbi va Moliki, guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo‘q, Sening noming bilan nafsim yomonligidan, shaytonningyomonligi-yu shirkidan panoh tilayman. Allohning ismi bilan boshlaymanki, Uning ismi tufayli yeru osmonda biror narsa zarar bera olmaydi. U eshituvchi va biluvchi Zotdir. Allohim, Sendan dunyo va oxirat ofiyatini so‘rayman. Allohim, dinim va dunyoim, ahlim va molim avfi va ofiyatini so‘rayman. Allohim, avratimni to‘sgin, izzat-ikromimni omonda qilgin. Allohim, oldimdanu orqamdan, o‘ng tomonimdanu chap tomonimdan meni muhofaza qil.
Rabbim, mening foydamga yordam ber, zararimga yordam berma, mening foydamga madad ber, zararimga madad berma, men uchun hidoyat berib, uni oson qil, tajovuz qiladiganlarga qarshi men uchun g‘alaba ber. Rabbim, meni Sen uchun shukr qiluvchilardan, Seni zikr etuvchilardan, Sendan qo‘rquvchilardan, Senga itoat etuvchilardan, Senga bo‘ysunadigan, Senga tavba-tazarru qilib Sen tomon qaytuvchilardan qilgin. Ey Rabbim, tavbamni qabul qil, gunohlarimni kechir, duolarimni ijobat qil, hujjatimni mustahkam qil, tilimni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirgin va qalbimni hidoyat etgin. Ey boqiy va uzluksiz maxluqotlari tadbiri va muhofazasini qiluvchi Zot, Sendan yordam so‘rayman. Sha'nimni har bir narsada isloh et va ko‘z yumib ochgunchalik muddat ham o‘z holimga tashlab qo‘yma. Alloh menga kifoya qiladi. Undan boshqa iloh yo‘q. Unga tavakkal qildim. U ulug‘ arshning Rabbidir"
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.