background
logotype
image1 image2 image3

Quyosh g‘arbdan chiqadimi?

Savol: Quyosh g‘arbdan chiqishi haqida vorid bo‘lgan hadislarni bilmoqchi edim.

JavobQuyoshni mashriqdan chiqargan Zot uni mag‘ribdan chiqarishga ham qodirdir. Bu xususda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir qancha sahih hadislar vorid bo‘lgan. Qiyomat yaqinligini bildirib: «Zohir bo‘ladigan alomatlarning biri quyoshning botadigan tarafidan chiqishi va yerdan bir jonivorning chiqib, odamlarga choshgoh payti ko‘rinishidir. Ularning qaysi biri oldin yuz bersa, ikkinchi ham tezda sodir bo‘ladi», deganlar (Imom Muslim rivoyati).

«Quyosh mag‘rib tarafdan chiqmaguncha qiyomat qoim bo‘lmaydi. Quyoshning mag‘ribdan chiqqanini ko‘rgach, avval iymon keltirmaganlarning hammasi iymon keltiradi. Lekin bu iymoni foyda bermaydi...» (Imom Buxoriy rivoyati).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.