background
logotype
image1 image2 image3

Qiyomatning alomatlari qaysilar?

Savol: Qiyomat alomatlari haqida ma'lumot bersangiz.

JavobUlamolar qiyomat soatining belgilarini katta va kichikka ajratishgan. Oxir zamonga yaqin odamlarning buzilib ketishlari, Allohning dinidan uzoqlashib, oralarida fitnalar sodir bo‘lishi, ilmning va ilm ahlining iskanjaga olinishi, zilzilalar ko‘payishi, vaqtdan baraka ketishi, mol-dunyo ko‘payib, sadaqa oladigan muhtojning topilmasligi, zinoning keng yoyilishi, amalning nomunosib odamga topshirilishi, ayollarning ko‘payib ketishi kabilar kichik alomatlar sirasiga kiritilgan.

Quyoshning mag‘ribdan chiqishi, Dabbat ul-arz, Ya'juj va Ma'juj, Dajjolning chiqishi, Iso alayhissalomning yerga tushishlari, Imom Mahdiyning chiqishlari qiyomatning katta alomatlari jumlasidandir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.