background
logotype
image1 image2 image3

Mo‘taziliylar kimlar?

SavolMo‘taziliy oqimi haqida ma'lumot bersangiz.

JavobMo‘tazila - ajralgan, degan ma'noni bildiradi. Mo‘‘taziliy firqasi adashgan firqalardan bo‘lib, uning paydo bo‘lishi Vosil ibn Ato (80-131 h.) nomi bilan bog‘liq. Vosil ibn Ato «Gunohi kabira qilgan kishi mo‘min ham, kofir ham bo‘lmaydi», degan tushunchani tarqatgach, shayx Hasan Basriy «Vosil bizdan ajradi», deganlar va shu tariqa mo‘‘taziliylar (ajralganlar) paydo bo‘ldi. Mo‘‘taziliylar Allohning ilm, qudrat, hayot, eshitish, ko‘rish, iroda singari subutiy sifatlarini inkor qiladilar. Qadarga, qiyomatda Allohni ko‘rishga, shafoatga, payg‘ambarlik mo‘‘jizalariga, karomatlarga ishonmaydilar. Allohning qazo va qadarini inkor etganlari uchun qadariyyalar, degan nomi ham bor. Ular o‘z e'tiqodlariga zid keladigan sahih hadislarni ham inkor etishgan.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.