background
logotype
image1 image2 image3

Majusiylar kimlar, ular ham ahli kitob sanaladimi?

Savol: Majusiylar kimlar, ular ham ahli kitob sanaladimi?

Javob: Avvalo ahli kitob kimlar ekanligini bilish zarur.

Shariatimizda Alloh taolo nozil etgan kitoblarga amal qilganlar «Ahli kitoblar» deb aytiladi. Binobarin, yahudiylar va nasroniylar ahli kitobdir. Yahudiylar «Tavrot»ga, nasorolar esa «Injil»ga amal qiladilar.

Qur'oni karim oyatlarida yahudiylar va nasroniylar ahli kitob, deb zikr etilgan. Qur'oni karimdan muqaddam Injil, Tavrot va Zabur nozil qilingandir. Ammo, hozir yer yuzida Zabur ta'limotiga ergashadigan xalq yo‘q.

Majusiylarga kelsak, ular otashparast, butparast, sanamparast va jussaparast kishilardir («Hidoya»).

Majusiylarning samoviy kitoblari yo‘q. Shuning uchun ular olov, quyosh, oy, ba'zi bir hayvonlar va yulduzlarni iloh deyishib, ularga sig‘inishadi. Demak, majusiylar ilohiy kitoblarga ergashmaydigan qavmlardandir.

Ja'far ibn Muhammad rivoyat qiladilar. Umar ibn Xattob (r.a.) Payg‘ambarimiz (s.a.v) sahobalarining oldilaridan o‘tayotganlarida ularning ichida Abdurahmon ibn Avf (r.a) ham bor edi. Shunday dedilar: «Mana bu qavmlar bilan, ya'ni, majusiylar bilan nima qilishni bilmay turibman, bular arablardan ham va ahli kitoblardan ham emas» (Tafsiri Qurtubiy).

Majusiylar to‘g‘risida ulamolarimiz quyidagi hukmda yakdillar: «Majusiylar so‘ygan hayvonlarning go‘shti yeyilmaydi va ularning ayollariga uylanilmaydi, chunki ular ahli kitob emasdir».

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.