Jinlardan panoh so‘rash yo‘q!
Savol: Ba'zilar jinlardan qo‘rqib, ulardan yordam, panoh so‘rashgacha borishadi. Shumumkinmi?
Javob: Yo‘q, mumkin emas! Alloh taolo jinlarning so‘zlari haqida hikoya qilib shunday deydi: «Albatta insdan bo‘lgan (ayrim) kishilar jindan bo‘lgan kimsalardan panoh tilashib, ularga yanada haddan oshishni-muttahamlikni ziyoda qilur edilar». Ya'ni, qadimda (hozir ham) ayrim kimsalar biron xilvatroq yerga borib qo‘nmoqchi bo‘lsalar, o‘sha yerning «egalari» bo‘lgan jinlarning kattalaridan panoh so‘rar edilar va buni bilgan jinlarning muttahamligi yanada ziyoda bo‘lib, «Mana, bizlar faqat jinlarga emas, balki insonlarga ham xojamiz», deyishib g‘ururlanishar edi. Ushbu oyatda Qur'on bunday aqidaning botil ekanini aytib, jinlar ham xuddi insonlar kabi Allohning bandalari ekanlarini, binobarin, Alloh taoloning izni-irodasisiz hech kimga foyda yo ziyon ham yetkaza olmasliklarini bildiradi (Alouddin Mansur izohi).
Saddiy aytadi: «Kishilar ahllari bilan safarga chiqib bir joyga qo‘nsalar: «Men, molim, farzandim va ulovim shu yerda ekanmiz, shu vodiyning ulug‘ jinlaridan panoh tilaymiz», der edilar». Qatoda aytadi: «Agar Allohni qo‘yib, ulardan panoh tilasalar, jinlar mana shunda ularga ozor berish bilan qo‘rqitadi».
Abu Hotim Ikrimadan rivoyat qilishicha, jinlar insonlardan xuddi insonlar jinlardan qo‘rqqanlaridek, balki undan-da qattiqroq qo‘rqadilar. Agar insonlar biror joyga qo‘nsalar, u yerdan jinlar qochishadi. Agar qavm ulug‘i: «Bu joyning ahli ulug‘idan panoh tilaymiz», desa, jinlar: «Ular bizdan biz ulardan qo‘rqqanimizdek qo‘rqishmoqda», deydilar-da, ularga yaqinlashib sharpa, ko‘lanka va vasvasa bilan qo‘rqitishadi.
Jinlardan panoh tilash shirkdir. Buning o‘rniga Alloh taolo bizga boshqa yaxshi amalni bergan. Havla binti Hakimdan Imom Muslim rivoyat qilishicha, u kishi aytadi:
- Men Rasulullohning (s.a.v.) shunday deganlarini eshitdim: «Kim bir joyga qo‘nganda «A'uzu bikalimatillahit-tammati min sharri ma xolaq», desa, o‘sha joydan ketgunicha unga hech narsa zarar bera olmaydi».
Imom Muslimning «Sahih»ida Abu Hurayradan (r.a.) shunday rivoyat keltiriladi: «Payg‘ambarga (s.a.v.) bir kishi kelib: «Ey Rasululloh, kecha meni chayon chaqib oldi», dedi. U zot: «Kech kirganda «A'uzu bikalimatillahit-tammati min sharri ma xolaq»ni aytmadingmi?» deb javob qildilar».
Imom Qurtubiy Allohdan panoh tilash o‘rniga jinlardan panoh tilash shirk va kufrdir, degan.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.