background
logotype
image1 image2 image3

Dajjol qanday maxluq?

SavolYaqinda bir kitobda qiyomat yaqinlashganda Dajjoldegan maxlutushishi haqida o‘qibqoldimShu haqda batafsilroma'lumot bera olmaysizlarmi?

JavobQiyomat qoim bo‘lishining alomatlaridan biri Dajjol degan maxluqning chiqib, yer yuzidagi odamlar o‘rtasida fasod tarqatishi va ularni yo‘ldan ozdirishidir. Dajjol haqida payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomdan bir necha sahih hadislar rivoyat qilingan.

Arabchada «Dajjol» - «Ashaddiy yolg‘onchi, aldamchi, firibgar» ma'nolarini anglatadi. Hadislarda keltirilishicha, Dajjolning bir ko‘zi ko‘r, sog‘ ko‘zi esa uzum donasiday bo‘rtgan, peshonasiaa ortiqcha eti bo‘ladi. Ikki ko‘zining o‘rtasida «kofir» degan yozuv bor, o‘qishni bilgan mo‘minlar bu yozuvni o‘qiy oladilar. Dajjol ilohlikni da'vo qiladi. Alloh taoloning izni bilan g‘ayritabiiy ishlar va mo‘jizalar ko‘rsatib, odamlarni yo‘ldan ozdirmoqchi bo‘ladi. Ba'zi odamlar unga aldanadilar ham. Imom Navaviyning yozishlaricha: «Alloh Dajjol bilan ham bandalarini imtihon qiladi. O'zi qodir ishlarga uni ham layoqatli qilib qo‘yadi: masalan, u bir yosh yigitni o‘ldirib-tiriltiradi, yerlarni hosildor qilib qo'yadi, uning ham jannati, do‘zaxi, ikki daryosi bo‘ladi. Yer xazinalari unga bo‘ysunadi, buyursa, osmondan yomg‘ir yog‘ib, yerdan o‘simliklar unadi. bularning hammasi albatta Alloh taoloning xohish-qudrati bilan bo‘ladi».

Mo‘minlar unga aldanishmayai, dinlarida sobit qolishadi. Ma'lum vaqt o‘tgach, ko‘kdan Iso alayhissalom tushib uni o‘ldiradilar.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.