background
logotype
image1 image2 image3

Dabbat ul-arz nima?

SavolDabbat ul-arz nimaShu haqda ma'lumot berolmaysizlarmi?

JavobDabbat ul-arz - yer hayvoni, degani. Uning chiqishi qiyomatning juda yaqin qolganini bildiruvchi alomatlardandir. U nihoyatda bahaybat maxluq bo‘lib, Safo tog‘i oldidan chiqadi. Uning haqida vorid bo‘lgan Naml surasi 82-oyatining mazmuni shunday: «Kofirlarga azob muqarrar bo‘lib qolganida (ya'ni, qiyomat yaqinlashib qolganida) Biz ular uchun yerdan bir hayvon chiqarurmiz. U insonlarga Bizning dalillarimizga ishonmaganliklarini aytadi». Dabbat ul-arz yer yuzini kezib ahli jannatlarni va ahli do‘zaxlarni, Alloh taoloning oyatlarini va oxiratni bir-biridan farqlaydi, ajratadi.

Payg‘ambarimiz alayhissalom xabar bergan qiyomatning yaqin qolganligini ko‘rsatuvchi barcha alomatlarning bo‘lishi, jumladan, Dabbat ul-arzning chiqishiga ishonish ahli sunna val-jamoaning aqidasidir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.