background
logotype
image1 image2 image3

Ba'zilar ko‘z tegibdi, kinna kiribdi, deb kinnachilarga murojaat qiladi. Shunday qilish mumkinmi?

SavolBa'zilar ko‘z tegibdikinna kiribdideb kinnachilarga murojaat qiladiShunday qilish mumkinmi? «Issiq-sovuq» qilish-chi?

JavobKo‘z tegishi - haq, bor narsa. Xalqimiz orasida «kinna kiribdi» iborasi ham ko‘z tegishi ma'nosida ishlatiladi. Ko‘z tegishi bir kishining o‘zga birovga hasad qilishi natijasidir. Kishilarga zarar etkazish, jumladan, hasad qilish haromdir. Xabarda: «Ko‘z tuyani qozonga, kishini qabrga kirgizadi», deb vorid bo‘lgan. Biror kimsaning hasad bilan qarashi natijasida o‘zini noxush sezgan kishining kinnachi yoki baxshilar (doira chalib duo o‘quvchilar) oldiga borib, davo izlashi shariatimizda mumkin emas. Chunki kinnachi va baxshilarning amali sehrning bir turi bo‘lib, shaytoniy amaldir. O'ziga ko‘z tekkanini his qilgan kishi Qur'oni karim oyatlari va ma'sur duolar bilan dam soldirishi shar'iydir, mashru'dir, shifo shundadir.

«Issiq-sovuq» qilish esa sehr hisoblanadi. Sehr esa haromdir. O'rtalarida sovuqchilik sezgan er-xotin Qur'oni karim oyatlarini va ma'sur duolarni o‘qib, o‘zlariga dam solsalar yoki dam soldirishsa, inshaalloh, totuvliklari ziyoda bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.