Aqoid nima?
Savol: Islomiy kitoblarda «aqida», «aqoid», degan so‘zlarni ko‘p uchrataman, ammo ma'nosiniuncha tushunmayman. Shu haqda to‘laroq ma'lumot bera olmaysizlarmi?
Javob: «Aqida» - tugib qo‘yish ma'nosidagi «aqd» o‘zagidan yasalgan so‘z, «aqoid» esa uning ko‘plik shaklidir. Istilohda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yetkazgan barcha narsalarning rostligini tasdiqlab, qalb va ko‘ngil bog‘lab ishonilishi lozim bo‘lgan narsalar «aqoid», deyiladi. Aqidasiga xalal yetgan, ahli sunna val-jamoadan ajralgan kishi haqida So‘fi Allohyor «Aqida bilmagan shaytona eldur, agar ming yil amal, deb qilsa, eldur», deb yozganlar. Aqoidga oid bilimlarni ichiga olgan ilm «aqoid ilmi»,deyiladi.
Aqoid hukmlari zamon, makon, shaxs va jamiyat hayotiga qarab o‘zgarmaydi. Bu hukmlar yaxlit bo‘lib, bir qismiga ishonish, boshqa qismiga ishonmaslik mumkin emas.
Faqihlardan aqoidga doir ilk asar yozgan va asarlari bizgacha yetib kelgan zot mazhabboshimiz Abu Hanifadirlar. U kishining «Al-fiqhul akbar», «Al-fiqhul absat», «Ar-Risola», «Al-olim val-muta'alim», «Al-Vasiyya» kabi mashhur besh asarlari aqoid masalalariga oiddir. Imom Shofe'iy, Ahmad ibn Hanbal, Tabariy, Nasaiy, Tahoviy kabi olimlar, Imom Buxoriy, Dorimiy, Abu Dovud kabi muhaddislar ham aqoid ilmiga doir asarlar yozishgan.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.